Turkiya va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

0

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari foydalangan, endilikda esa yopilgan «Parler» ijtimoiy tarmog'ining bosh direktori Jon Matsening ta'kidlashicha, u va uning oilasi ularga qarshi o'lim tahdidi bo'lganligi bois yashirinishga majbur bo'lgan.

Bu haqda “Fox News” xabar bermoqda.

Matsening so'zlariga ko'ra, kompaniyasidagi xodimlarga ham tahdid va ta'qiblar qilingan. Shu bois ko'pchilik o'z hayotlari uchun qo'rqishmoqda, ba'zilari esa yashash joylarini tark etishmoqda.
Shunday qilib, bosh direktor oilasi bilan shunday hujumlar natijasida o'z uyini tark etishga majbur bo'lgan.

«UGNazi nomli guruh bor, o'sha guruh meni nishonga olgan», – dedi Matse va xakerlik guruhi uning ko'plab parollari va u haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni Internetda e'lon qilganligini ta'kidlagan holda.

loading...