Buxoroda qidiruvda yurgan firibgar ayol qo'lga olindi

0

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Farmoyishiga asosan viloyatning barcha hududlarida keng qamrovli “Qidiruv” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.  Bunda ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari, hududiy ichki ishlar boshqarma, bo'lim va bo'linmalari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda keng jamoatchilik bilan uzviy hamkorlik yo'lga qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda jinoyat sodir etib, javobgarlikdan qutulish maqsadida surishtiruv, dastlabki tergov hamda sud idoralaridan yashirinib yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qidirib topish, ularni odil sudlov ixtiyoriga topshirish borasida samarali tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Ana shunday tadbirlardan biri Buxoro shahrida o'tkazildi. Jumladan: joriy yilning 14 yanvar kuni o'tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan 2020 yilning 7 dekabr kunidan beri qidiruv e'lon qilingan, Buxoro shahar H.Buxoriy ko'chasida ro'yxatda turuvchi, 1970 yilda tug'ilgan Z.R.ismli ayol qo'lga olinib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazoni ijro etish bo'limiga qarashli 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

loading...