Hindiston «dunyodagi eng katta» emlash kompaniyasini boshladi

0

16 yanvar kuni Hindistonda koronavirusga qarshi ommvaiy emlash boshlandi. Mamlakat rahbari Narendra Modi uni “1.3 milliard kishini vaksinatsiya qilishga qaratilgan dunyodagi eng katta emlash kompaniyasi” deb atadi.

 

Hindistonda emlash dasturining birinchi bosqichi avgustga qadar davom etadi va unda 30 million nafar tibbiyot xodimlarini vaksina bilan ta'minlash rejalashtirilgan. Shundan keyin, 50 yoshdan baland bo'lgan 270 million kishi vaksinani qabul qiladi. Ushbu jarayonda mahalliy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita-Covishield va Covaxin vaksinalaridan foydalaniladi.

 

«Biz dunyodagi eng katta emlash dasturini ishga tushirmoqdamiz va bu ishimiz dunyoga bizning kuchimizni namoyish etadi» dedi Modi Nyu Dehlida kampaniyani boshlab berar ekan.

 

Shuningdek, Hindiston Bosh Vaziri vaksina yaratgan hind olimlarining mahorati va iste'dodini maqtadi.

 

“Vaksina tayyorlash uchun yillar kerak bo'ladi. Ammo, qisqa vaqt ichida Hindistonda bitta emas, balki ikkita vaksina ishlab chiqildi. Bu bizning olimlarimiz mahorati va iste'dodidan dalolatdir” dedi Modi.

 

“Mamlakatimiz o'z vaksinasiga ega bo'lganidan baxtiyormiz. Emlash – bu virusli kasallikka qarshi kurashishning yagona usuli» deydi doktor Sumi Nandvani vaksinani qabul qilgandan keyin bergan intervyusida.

loading...