Los-Anjelesda dizayner boshpanasiz ayolga yangi kvartira sovg'a qilib, TikTok’ni hayratlantirdi(video)

0

Kiyim-kechaklar va zargarlik buyumlari bo'yicha dizayner, tadbirkor Isaiya Garza boshpanasiz ayolga yangi kvartira sovg'a qildi. Uning bu kabi mehribonchiligi tasvirlangan video TikTok platformasidagi millionlab foydalanuvchilarni hayratlantirdi.

Garza daromadining ma'lum bir qismini muntazam koronavirus pandemiyasidan jabr chekkanlarga yordam berishga sarflashga qaror qilgan. Millionlab marotaba tomosha qilingan videoda dizayner mashinada Robin ismli ayolning yoniga keladi va unga murojaat qiladi: «Ishlaring qalay?». U xursand bo'lib baqirgan holda avtomobilga yaqinlashadi.

Dizayner unga ichida yangi kvartiraning kaliti joylashgan Yangi yil paketini uzatadi. «Yo'q, yo'q… Aqldan ozibsan! Ey, Xudoyim», — deya hayratlanadi Robin. Shundan so'ng Garza uni sovg'a qilingan uyiga olib borgan. Ajoyib tarzda bezatilgan kvartirada ikki o'rindiqli karavot, katta televizor va divan kabi ko'plab buyumlarni uchratish mumkin.

Garzaning so'zlariga ko'ra, Robin so'nggi 10 yildan buyon ko'chada yashab kelgan. U ayolga yordam berishga qaror qilib, TikTok orqali pul yig'gan. «Bugun obunachilarim sharofati bilan u uyli bo'ldi», — deya ta'kidlaydi dizayner. Rolikka 16 milliondan ortiq layk va yuz minglab izoh qoldirilgan.

loading...