Namanganda firibgar 5000 AQSh dollari bilan qo'lga tushdi

0

Joriy yilning 15 yanvar kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi tadbirkor viloyat IIBga murojaat qilib, unda 13 yanvar kuni Kosonsoy tumani «Buloq» posti oldida bir fuqaro bilan ko'rishib qolganligini, o'zaro suhbat davomida esa tadbirkor baliqchilik fermer xo'jaligi tashkil qilish niyati borligini aytganida ushbu fuqaro tuman hokimligida tanishlari borligini va ular orqali yer olib berishi mumkinligini aytib, buning evaziga hokimlikdagi tanishlariga 20.000 AQSh dollari berish lozimligini aytgan va avvaldan 5.000 AQSh dollari talab qilgan.

 

Tadbirkor o'z murojaatida ushbu shaxsning harakatlari qonuniyligini tekshirib berishni so'ragan.

 

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan xolislar va arizachi guvohligida pullarga kimyoviy ishlov berilib tezkor tadbir o'tkazildi.

 

Tadbir davomida arizada nomi keltirilgan fuqaro tadbirkordan tumandagi «Kosonsoy Tekmen» korxonasi oldida 5000 AQSh dollarini pora berishga dalolat qilib, firibgarlik  yo'li bilan olgan vaqtida qo'lga olingan.

 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu fuqaroning tuman hokimligiga hech qanday daxli yo'qligi ma'lum bo'ldi.

loading...