Oqqo'rg'onda zamonaviy bolalar bog'chasi foydalanishga topshirildi

0

Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani «Boyg'uli» mahalla fuqarolar yig'inida yana bir zamonaviy tipdagi ta'lim-tarbiya maskanining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.  Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

 

Tadbirda Oqqo'rg'on tuman hokimi o'rinbosarlari K.Shintemirov, J.Djanikulovlar ishtirok etishdi.

 

«Mehrigiyo» nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tadbirkor B.Payzqulov tomonidan zamonaviy talablar asosida bunyod etildi.

Ushbu ko'rkam maskan yosh avlodga  xorijiy tillarni mukammal o'rgatishga moslashtirilgan bo'lib, zamon talablariga mos jihozlangan.

Ta'lim maskani 30 o'ringa mo'ljallangan. Albatta, ushbu ta'lim-tarbiya maskani tuman yosh avlodlariga ko'p yillar xizmat qiladi.

loading...