Rossiya to'rtta mamlakat bilan doimiy aviareyslarni tiklayapti

0

Rossiya hukumatining shanba kuni bergan ma'lumotlariga ko'ra, Moskva bilan Finlyandiya, Vetnam, Hindiston va Qatar poytaxtlari o'rtasida aviareyslar 27 yanvardan boshlab qayta boshlanandi.

 

Havo qatnovlari boshlanmasdan avval bir qancha epidimiologik me'yorlar bajariladi.

 

Rossiya ushbu mamlakatlar bilan havo orqali qatnovni pandemiya boshlangan ilk haftalarda to'xtatgandi.

 

Rossiyadagi koronavirusga qarshi kurash shtabi yig'ilishida aytilishicha, ushbu to'rtta mamlakatda koronavirus tarqalishi qoniqarlidir.

 

Mazkur davlatlarda koronavirusga chalinish bo'yicha ikki haftalik holatlarning umumiy soni har yuz ming kishiga 40 tadan ozroqni tashkil qilmoqda.

ria.ru

loading...