Baydenning maslahatchisi Navalniyni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi.

0

Rossiya hukumati Sheremetevoda hibsga olingan siyosatchi Aleksey Navalniyni zudlik bilan ozod qilishi kerak, dedi AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.

«Navaltniy zudlik bilan ozod etilishi va uning hayotiga qilingan dahshatli urinish uchun aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak. Kremlning Navalniyga hujumlari nafaqat inson huquqlarini buzish, balki ularning ovozi eshitilishini istagan Rossiya xalqini haqorat qilishdir ”, – deb yozdi u Tvitterda.

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Sallivanning bayonotiga javoban chet ellik siyosatchilarga xalqaro huquqni hurmat qilishni va o'z mamlakatlari muammolari bilan shug'ullanishni maslahat berdi.

«Men janob Sallivanga aytmoqchi bo'lgan narsalarim: xalqaro huquqni hurmat qiling, suveren davlatlarning milliy qonunchiligiga tajovuz qilmang va o'z mamlakatingizdagi muammolar bilan shug'ullaning», deb yozgan u Fasebookda.

meduza

 

loading...