Bir martalik tibbiy niqob o'z vazifasini bajaruvchi bir necha qatlamlarga ega.

0

Tashqi namlikni qaytaruvchi qatlam;

patogen zarralarni (mikroblar va viruslar) ushlaydigan o'rta qatlam filtri;

namlikni yutadigan va niqob ostida bug'larning to'planishidan saqlaydigan ichki qatlam.

Niqobning tashqi qatlami ichkariga almashsa, tashqi qatlam nafas olish paytida hosil bo'lgan namlik zarralarini qaytaradi va ular niqob ostidan turli yo'nalishlarda tarqala boshlaydi. Ya'ni virus boshqalarga osonlikcha yuqishi mumkin.

Ichki qatlam tashqarida bo'lishi ham zarar yetkazadi. Axir u atrofdagi havodan zarralarni, shu jumladan patogen mikroorganizmlarni o'zlashtiradi. Bunday niqob tezda iflos bo'ladi.

«Sog'lom hayot»

loading...