Toshkentda poezd ustiga chiqib, selfi qilmoqchi bo'lgan yigitni 27 ming voltli tok urdi (video)

0

Toshkent shahrida 15 yanvar kuni poezd vagoni ustiga chiqib, rasmga tushoqchi bo'lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining video xabariga  ko'ra, Sergeli bekatidagi 3-yo'lning 8-kilometr 1-to'sig'ida turgan vagon ustiga selfiga tushish maqsadida chiqqan, 2002 yilda tug'ilgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi yuqori kuchlanishli — 27 ming volt tok urishi oqibatida qattiq jarohatlangan.

Bola voqeadan so'ng tez tibbiy yordam mashinasida Respubika shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borilgan va jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. Uning olgan tan jarohati o'ta jiddiy bo'lib, tanasining 93 foizi 2–3 A,B darajali termik kuyish, 3-darajali bosh miya yopiq jarohati tashhisi qo'yilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

loading...