Germaniyada karantin fevral o'rtasigacha uzaytirildi

0

Germaniyada koronavirus tarqalishi bilan bog'liq cheklovlar 14 fevralgacha uzaytirildi. Bu haqda kansler Angela Merkel ma'lum qildi. Bundan tashqari, germaniyaliklarga jamoat transporti va do'konlarda tibbiy niqoblar yoki respiratorlarda bo'lish buyurilgan.

“Koronavirusni to'xtatishga qaratilgan barcha harakatlarimiz jiddiy xavf ostida”, deb aytgan Merkel jurnalistlarga. U virusning avvalgi turlaridan tezroq tarqaluvchi yangi mutatsiyasi jiddiy xavf solishidan ogohlantirgan.

Shuningdek, mamlakatda tibbiy niqoblar taqish majburiy qilindi. Bungacha matoli niqoblar taqish va og'iz-burunni sharf bilan berkitishga yo'l qo'yilgan. Merkel ish beruvchilarni mart o'rtasigacha iloji boricha ko'proq xodimlarni masofadan ishlashga o'tkazishga chaqirgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy aloqalarni qisqartirish bo'yicha qoida o'z kuchida qoladi, maktab va bolalar bog'chalari yopiq qoladi.

Germaniyada ikkinchi karantin rejimi 2020 yil 2 noyabrda kiritilgan. Yanvarda oy oxirigacha amal qilishi ko'zda tutilgan yangi cheklovlar kuchga kirgandi.

kommersant.ru

loading...