Sanitariya-epidemiologiya xizmati: «Aholining 30−40 foizida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet bo'lishi mumkin»

0

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i o'rinbosari Botirjon Qurbonov «Daryo» nashriga bergan intervyusida O'zbekistonda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet hosil bo'lganligini aytib o'tgan.

«Alohida ayta olamanki, O'zbekistonda ham jamoaviy immunitet hosil bo'lgan. 70−80 foiz emas, 30−40 foiz atrofida bo'lishi mumkin. Jamoaviy immunitet aholining 70−80 foizi darajasida hali shakllanmagan. Bu kasallik yangi, virus o'ziga xos, bemorda kasallanishdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'lmaydi, antitanachalar 3−4 oy davomida yo'qolib boradi, shuni inobatga olib, kasallik epidemiologik tarzda yana avj olishi mumkinligidan kelib chiqib, ogohlikni susaytirmaslik kerak», — dedi Botirjon Qurbonov.

Botirjon Qurbonov Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmati va Virusologiya ilmiy-tekshirish intituti tomonidan mamlakat aholisi orasida jamoaviy immunitet qay darajada shakllanganini o'rganish bo'yicha izlanishlar borayotganligini ma'lum qilgan. U jamoaviy immunitet qanday shakklanishiga ham to'xtalib o'tgan. Uning aytishicha, bemorlar organizmida antitanachalar yo'qolmaydigan darajada paydo bo'lsa va yillar davomida saqlanib tursa, unda jamoaviy immunitet shakllanadi. Jamoaviy immunitet ushbu odamlar guruhini bir qancha vaqt davomida kasallikdan himoya qiladi, deydi Sanitariya-epdemiologiya xizmati rahbarining o'rinbosari.

loading...