Angliyada bo'ron tufayli minglab uylar evakuatsiya qilindi

0

Angliya shimolida va qirg'oq bo'yidagi shaharlarda minglab uylar 20 yanvar kuni Buyuk Britaniyaga kirib kelgan “Kristof” bo'roni oqibatida evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi mamlakat favqulodda xizmati.

Gap, xususan, Manchester va uning atrofidagi hudud, shuningdek Uels haqida ketmoqda.

Kuchli shamol, yomg'ir va qor yog'ishi natijasida kommunal xizmatlar ishlamay qolgan, elektr uzatish tarmoqlari shikastlangan. Daryolardagi suv sathi juda xavfli darajaga etgani bois mintaqada toshqin xavfi mavjud.

Angliya shimolida yashovchilarga esa zarurat bo'lmasa, uydan chiqmaslik so'ralgan, Manchester va Liverpul, shuningdek, York va Lids o'rtasidagi poezdlar qatnovi ham bekor qilingan.

gazeta.ru

loading...