Filippinda yetti balli zilzila sodir bo'ldi

0

Filippin qirg'oqlari yaqinida Rixter shkalasi bo'yicha yetti balli zilzila sodir bo'ldi, deya xabar berdi AQSh Geologik xizmati.

Zilzila Filippin vaqti bilan 12: 23da (Toshkent vaqti bilan 17:23da) qayd etilgan. Zilzila epitsentri Filippinning Pundagitan shahridan 219 km janubi-sharqda bo'lgan, uning markazi yerdan 139 km chuqurlikda joylashgan.

Hozirda hodisa vayronagarchilik yoki talofatlarga sabab bo'lganligi to'g'risida ma'lumot yo'q.

news.ru

 

loading...