Andijonda murakkab yurak jarrohligi operatsiyasi o'tkazildi

0

Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak jarrohligi bo'limi boshlig'i tibbiyot fanlari doktori Ulug'bek Axmedov rahbarligidagi shifokorlar brigadasi hamda Andijonlik shifokorlar yurakning murakkab operatsiyasini o'tkazdilar, yurakning chap qorinchasi anevrizmasini olish va tromboektomiyasi, yurak qorinchalararo arteriyasi endoarterioektomiyasi, to'rt yurak arteriyasini shuntlash operatsiyasini o'tkazgan bemordga «Yurak ishemik kasalligi, zo'riqish stenokardiyasi III daraja, infarktdan keyingi kardioskleroz, funsional sinf III, surunkali yurak yetishmovchiligi II b, fraksion ajralish 40 foizdan pastlashi» tashxisi qo'yilgan edi.

Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi, bemor tashrixdan keyin tartibga ko'ra, reanimatsiyada bo'ldi, salomatlik holatiga ko'ra umumiy palataga o'tkazildi.

Poytaxtlik mutaxassislar yordamida umumiy holatda yana shunday 4 ta operatsiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Andijon viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati