AQSh Rossiyaga strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash bo'yicha kelishuvni uzaytirishni taklif qilmoqchi

0

AQSh hukumati Kremlga strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash bo'yicha kelishuvni 5 yilga uzaytirishni taklif qilmoqchi, dedi Oq uyning matbuot kotibi Jen Psaki jurnalistlarga bergan intervyusida.
Uning so'zlariga qaraganda mazkur kelishuv muddatining uzaytirilishi AQShning milliy xavfsizlik bo'yicha manfaatlariga mos keladi va ayniqsa, Rossiya bilan munosabatlar keskinlashgan bir paytda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Assoshieyted Press” agentligi xabarida kelishuv muddatini uzaytirish bo'yicha taklif bitilgan noma Baydenning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan tomonidan Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonovga topshirilishi aytilgan.

UzA.uz

loading...