Barcha kollejlar boshqaruvi mehnat vazirligiga o'tkaziladi

0

Kollejlar boshqaruvi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o'tkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev o'zining Buxoroga tashrifi doirasida ma'lum qilgan.

Mehnat vazirligi mazkur masala yuzasidan davlat rahbarining so'zlarini keltirmoqda:

 Barcha kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o'tkaziladi. O'zi kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta'limda emas. Sababi, vazir Nozim Husanov kollejlarga aniq buyurtmalar shakllantirib beradi. Kollejlar esa har bir hududlarga zarur bo'lgan mutaxassislarni tayyorlaydi. Masalan, hozirgi kunda payvandchilarga talab katta. Ana shunday kasbni kollejlar tizimida o'rgatib, sertifikat ham beriladi. Hunar o'rgangandan keyin chet elga borsa ham ishi yurishaveradi. Bundan tashqari, avtomobillar ta'mirlovchi, sartarosh, etikdo'z kabi o'nlab hunarlar bor. Mana, ishsizlik, «temir daftar»ni tugatish bo'yicha aniq reja. Monomarkazlarni, mahallalarni shu kollejlarga biriktiringlar. Bu masalani atroflicha o'rganib, qaror tayyorlanglar, – degan Shavkat Mirziyoyev.

loading...