Bu aktyorning ukasi ham mashhur insonlardan biri ekanligini bilasizmi? (foto+video)

0
  • Bekzod  Tojiyev
  • Tug'ilgan sana : 26.04.1980 Balandligi: 1,75 m
  • Ma'lumoti: O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Unversiteti
  • Jami filmlar: o'ndan oshiq
  • Faoliyatini boshlagan yili: 2000 yil
  • Karera: aktyor, rejissyor
  • Tug'ilgan joyi: Toshkent
  • Janrlari: Melodrama, dramaturgiya

Bekzod Tojiyev 1980 yil 26 aprel kuni O'zbekistonning poytaxti Toshkentda ziyolilar oilasida tug'ilgan. Uning otasi Tajiyev Bahodir yirik bir tashkilotning menejeri bo'lib ishlagan. Onasi To'laganova To'yba Maxkamovna “O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi”da ishlagan. Uning ukasi Rauf Nabiyev ham ko'pchiligimizga tanish bo'lgan rejissyorlardan biri.

Maktabda Bekzod sport bilan shug'ullangan, debat klubi, musiqa seksiyasining a'zosi bo'lgan. Maktabdan keyin u O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga o'qishga kirib, u yerda bir necha tillar va reklama bilan shug'ullangan. Ammo universitetni tugatgandan so'ng, u kasbi bo'yicha faoliyat yuritmadi, balki aktyorlik karerasini boshlash uchun “O'zbekfilm”ga bordi.

Birinchisi o'ynagan roli — Sevgi fazosi filmidagi roli edi. So'ngra u 2007 yilda Zebo Navro'zovaning “Bo'rilar” filmida bosh qahramon rolini ijro etdi va aktyor sifatida tanila boshladi. U keyin ham ketma-ket filimlarda suratga tusha boshladi.

Hozirgi kunda aktyor Bekzod Tajiyev oilali va 6 farzadning otasi.

Aktyor ijro etgan filmlar:

  • 2011 Qasos
  • 2007 Bo'rilar
  • 2008 Bo'rilar 2 (Quvg'in)
  • 2012 Bo'rilar 3 (Oxirgi qarz)
  • 2012 Notanish qotil
  • 2016 Qotillar o'yni
  • 2017 Arslon izidan
  • 2021 Qafas
loading...