Rossiyada politsiya qurollangan shaxsni otib o'ldirishdi

0

Novosibirskda politsiya xodimlari hibsga olishga qarshilik ko'rsatgan qurollangan 38 yoshli mahalliy fuqaroni otib tashlashdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo'mitasining mintaqaviy boshqarmasi xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 21 yanvar kuni politsiyaga Aralsk ko'chasidagi uyda erkakning nomuvofiq harakatlari to'g'risida xabar kelib tushgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining beshta xodimi voqea joyiga yetib kelishdi. Uyning 65 yoshli egasi o'g'li ov miltig'i bilan qurollanganligini, o'ldirish bilan qo'rqitayotganini aytdi.

Xodimlar zo'ravonga taslim bo'lishni taklif qildi, ammo u o'q otishni boshladi. O'q Milliy gvardiya xodimlaridan birining bosh kiyimiga zarar yetkazdi, shundan so'ng huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xizmat qurolini ishlatishga qaror qilishdi. Natijada qarshilik ko'rsatgan fuqaro o'q yeb, voqea joyida vafot etdi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimining hayotiga tajovuz qilish faktlari bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Tekshiruv doirasida xavfsizlik kuchlari harakatlarining qonuniyligiga huquqiy baho beriladi.

lenta.ru

 

loading...