O'zbekistonning ikkita viloyatida zilzila qayd etildi

0

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining  xabar qilishicha, 22.01.2021 yil, Toshkent vaqti bilan 09:02 da (22.01.2021 yil, Grinvich bo'yicha 04:02 da) Tojikiston-Qirg'iziston chegarasida zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 39,48 gradus shimoliy kenglik; 72,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 353 km janubiy-sharqiy yo'nalish bo'yicha.

Zilzila O'zbekiston hududida:

Andijon : 147 km, 2 ball.

Farg'ona : 126 km, 2 ball.

loading...