Ispaniyaning La-Korunya provinsiyasidagi qorako'zanlar fermasida koronavirus aniqlandi.
“Europa Press” agentligi bu haqda mahalliy hokimiyat bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, tegishli ma'lumotlar mahalliy hukumat tomonidan Ispaniya Qishloq xo'jaligi, baliqchilik va oziq-ovqat vazirligiga yetkazilgan.
Agentligning yozishicha, Ispaniya qonun hujjatlariga muvofiq yaqin kelajakda fermada yashovchi 3,1 ming qorako'zan yo'q qilinadi.
Bu COVID-19ning Ispaniyadagi qorako'zanlarda aniqlangan ikkinchi holatidir.