Yaponiyada musulmonlar soni ko'paymoqda

0

So'nggi o'n yil ichida Yaponiyada musulmonlar soni ko'payib bormoqda. Bu haqda theislamicinformation.com sayti xabar berdi. 2010 yilgi statistik ma'lumotlarga ko'ra, Yaponiyada musulmonlar soni 110 mingga yetgan. 2019 yil oxiriga borib ushbu ko'rsatkich taxminan 330,000 ga yetdi va yana 50,000 yaponiyalik islomni qabul qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatda musulmonlar uchun 110 ta masjid faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda musulmonlar soni butun dunyo bo'yicha tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda. 2050 yilga kelib, musulmonlar soni taxminan 2,9 milliard kishiga yetishi, bu esa o'z navbatida yer yuzidagi musulmonlarning 26 foizini tashkil etadi.

Ayni paytda Yaponiyada turli davlatlardan kelgan musulmonlar 120 ming, doimiy ravishda istiqomat qiluvchilar soni esa o'n mingtani tashkil etadi.

Ushbu davlatda aksariyat musulmonlar Tokio, Chukip metropolitan zonasi va Kinki tumani kabi shahar hududida yashaydilar.

Islom.uz

loading...