Bugun O'zbekistonning 7 ta hududida qor yog'ishi kutilmoqda

0

O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 23 yanvar kuni uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Unga ko'ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o'zgarib turadi, biroz qor yog'ishi mumkin. Shamol g'arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° sovuq, kunduzi 0-2° sovuq bo'ladi.

QORAQALPOG'ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog'ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo'ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo'ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog'ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo'ladi.

SAMARQAND VILOYaTI

Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo'ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo'ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG'ONA VILOYaTLARI

Havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog'ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo'ladi.

RESPUBLIKANING TOG'LI HUDUDLARI

Havo o'zgarib turadi, respublika tog' oldi va tog'li hududlarining ba'zi joylarida qor yog'adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko'chishi xavfi bor. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo'ladi.

loading...