Surunkali COVID-19 nima u kimlarga xavf soladi?

0

Surunkali COVID-19 odamda 3 oydan ko'proq vaqt davomida kuchli zaiflik, tanadagi og'riqlar, nafas qisilishi va boshqa alomatlar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Bu kasallik butun dunyo bo'ylab minglab odamlarda kuzatilmoqda. Ushbu bemorlar tuzalganidan bir necha oy o'tsa-da, sog'lig'ini to'liq tiklay olishmadi. Surunkali COVID-19 longkovid deyiladi.

Longkovidning o'tkir bosqichini osonlikcha yoki simptomlarsiz o'tkazgan yosh va sog'lom odamlarda ham uchraydi. Surunkali koronavirusning quyidagi alomatlari bor:

doimiy charchoq;

mushaklar va tananing turli qismlarida kelib chiqishi noma'lum bo'lgan og'riqlar;

chuqur nafas ololmaslik yoki nafas qisilishi;

diqqat buzilishi;

piyoda yurishning qiyinlashuvi;

bosh og'rig'i;

doimiy uyqusizlik;

xotira pasayishi.

«Sog'lom hayot»

loading...