AQShda Tramp qarorgohi yaqinidagi aeroportga uning nomini berish taklifi rad etildi

0

AQShning Florida shtatidagi sobiq prezident Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohi joylashgan Palm-Bich okrugi komissiyasi Palm-Bich aeroportini Trampning sharafiga nomlash tashabbusini qo'llab-quvvatlamaydi, deb yozadi «Kommersant'». Bu haqda komissiya a'zolarining ko'pchiligi South Florida Sun Sentinel gazetasiga ma'lum qilgan.

Aeroportni qayta nomlash taklifi Respublikachilar partiyasining Floridadagi bo'linmasi raisi o'rinbosaridan kelib tushgan, u Sarasota okrugi komissiyasiga kiradi. Palm-Bich okrugi komissiyasi a'zosi Melissa Makkinley gazetaga ma'lum qilishicha, Zigler «bizning emas, o'zining okrugida qayta nomlashlar bilan shug'ullansa yaxshi bo'lardi».

Nashr qayd etishicha, odatda AQSh prezidentlari iste'folaridan keyin qonun chiqaruvchilar toponimlarni qayta nomlash tashabbuslari bilan chiqadi. Prezidentlik muddati tugaganidan keyin bunday taklif bilan chiqqan yagona kongressmen Floridadan respublikachi Entoni Sabatini bo'ldi. U Floridadagi 27-federal trassaning bir qismini Donald Tramp sharafiga nomlashni taklif qildi.

20 yanvar kuni Tramp Jo Baydenning inauguratsiyasidan oldin Oq uyni tark etib, Floridadagi qarorgohiga uchib ketdi. Bungacha AQSh Kongressining Vakillar palatasi Tramp tarafdorlarining Kongress binosiga hujumi tufayli, unga impichment e'lon qilgan edi. Tramp aybdor deb e'lon qilinsa, uning davlat rahbarlik lavozimlarini egallashi taqiqlanishi mumkin.

loading...