Onasi Rossiyada vafot etgan olti yashar bolakay O'zbekistonga qaytarildi

0

Onasi Rossiya Federatsiyasida vafot etgan olti yashar bolakay O'zbekistonga xayriya mablag'lari evaziga qaytarildi, deb xabar bermoqda O'zbekiston TIV matbuot-xizmati.

«O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, 2021-yil 19-yanvar kuni Moskva viloyati Ta'lim vazirligining Dmitrovsk shahar okrugi bo'yicha Vasiylik va homiylik boshqarmasidan onasi M.K.ning vafoti tufayli og'ir vaziyatda qolgan voyaga yetmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi X.I. (2014 yil tug'ilgan) haqida axborot olingan.

Elchixona tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida voyaga yetmagan fuqaroni Vatanimizga qaytarish masalasi ishlab chiqildi. Xayriya mablag'lari hisobidan «Uzbekistan Airways» AJning «Moskva-Toshkent» yo'nalishidagi reysga aviachipta sotib olindi», – deyiladi xabarda.

Bolakayning O'zbekistondagi qarindoshlari bilan aloqa o'rnatilib, ularga uning respublikaga qaytib kelish sanasi va vaqti ma'lum qilindi. X.I.ni aeportda O'zbekiston vasiylik organlari vakillari tomonidan kutib olishini haqida kelishuvga erishilgan.

2021 yilning 22 yanvarm kuni X.I. «Uzbekistan Airways» AJ bort kuzatuvchilari hamrohligida O'zbekistonga uchib ketdi.

loading...