Toshkentda pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi

0

22 yanvar kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.

Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so'ng ushbu talaba bilan aloqa qilganlar va fakultet hududidagi boshqa barcha talabalarga 14 kun davomida o'z-o'zini izolyatsiya qilish rejimini o'tkazish tavsiyasi berilgan.

O'quv binosining 4-qavatidan foydalanayotgan Rus tili va adabiyoti fakulteti hamda Xorijiy tillar fakultetida ham ushbu nazorat choralari joriy qilingan. Bunda offlayn tartibda ta'limga qaytgan Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakultetlarining barcha 1-kurs talabalari endilikda 14 kun davomida ta'limni masofaviy tartibda olishlari belgilangan.

loading...