“O'lik jonlar” ortidan 983,5 mln so'mni o'margan bog'cha mudirasining kirdikorlari fosh bo'ldi

0

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 983,5 mln so'm byudjet mablag'lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo'limi maktabgacha ta'lim vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu bog'chada tekshirish o'tkazilgan.

Tekshirishda bog'cha mudirasi va boshqalar oldindan til biriktirib, 2014-2020 yillar davomida amalda bog'chada ishlamaydigan 37 nafar, shu jumladan, 4 nafar yaqin qarindoshini ishga qabul qilgani aniqlangan. Xodimlarning mehnat faoliyati bo'yicha shtat jadvallari va buxgalteriya tabellariga soxta ma'lumotlar kiritish orqali hujjatlarni qalbakilashtirilgan. Bu yo'l bilan 983,5 mln. so'm byudjet mablag'lari talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan bog'cha mudirasi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...