Xorazmda tug'ilmagan chaqalog'ini 9000 AQSh dollariga pullayotgan shaxslar qo'lga olindi

0

Urganch tumanidagi Bekobod qishlog'ida yashovchi P.K. nikohsiz yashayotgan turmush o'rtog'i bilan jinoiy til biriktirib, hali tug'ilmagan 4 oylik farzandiga xaridor izlagan.

Hazorasplik T. B. bu kimsalarning nopok ishlaridan xabar topib, homilaga xaridor bo'ladi.

4 oylik homila tug'ilgandan so'ng olish sharti bilan 9000 AQSh dollariga baholanadi. P.K. turmush o'rtog'i bilan kelishilgan pulning 6000 AQSh dollarini olayotgan paytida ashyoviy-dalillar bilan qo'lga olindi.

Ayni kunda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

loading...