«Coca-Cola» zavodini kimga sotishmoqchi?

0

O'zbekistondagi «Coca-Cola» zavodining qariyb 58 foizlik davlat ulushi sotilishi bo'yicha auksion ochiqchasiga g'irromlik deb baholanmoqda. Chunki yurtimizdagi yirik korxonalar ushbu savdoda qatnasha olmaydi…

«… E'lon chiqqandan keyin onlayn savdoda ishtirok etmoqchi bo'ldik, — deyiladi «Hydrolife Bottlers» MChJ murojaatida. — Biroq shartlar bilan tanishsangiz, talabga javob beradigan tadbirkor yoki tashkilot O'zbekistonda yo'qligiga amin bo'lasiz».

Shuningdek, O'zbekistonning yana bir korxonasi — «PERFECT SHINE ENERGETIC» MChJ ham zavodning davlat ulushini sotib olishni istaydi. Ammo bunga auksion uchun o'ylab topilgan «maxsus» talablar to'siq bo'layotir.

Vaholanki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga holat yuzasidan murojaat yo'llangan. Ammo ular hamon jim…

Anglashiladiki, O'zbekistonda «Coca-Cola» zavodiga talabgorlar ko'p. Biroq ular auksionda qatnashish imkoniyatidan mahrum. Asl sabab esa sirligicha qolmoqda.

@platformauzb

loading...