Farg'onada 20 yoshli qiz «Moskvich»ning Katta Farg'ona kanaliga tushib ketishi oqibatida halok bo'ldi

0

Marg'ilonlik 23 yoshli haydovchi boshqaruvida bo'lgan «Moskvich» avtomobili Katta Farg'ona kanalining Qo'shtepa tumani hududidan o'qib o'tuvchi qismiga tushib ketishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» informatsion dasturida xabar berilgan.

Ma'lum qilinishicha, 1998 yilda tug'ilgan fuqaro boshqaruvidagi «Moskvich-412» mashinasi 18 yanvar kuni soat 20:40 larda haydovchi boshqaruvni yo'qotib qo'yganligi bois Qo'shtepa tumani «Shodlik» MFY hududida Katta Farg'ona kanaliga tushib ketgan. Haydovchi mashina salonidan chiqishga muvaffaq bo'lgan, biroq mashinaning old o'rindig'ida o'tirgan 20 yoshli qizni qutqarishning imkoni bo'lmagan.

Mazkur ko'ngilsiz hodisaning ertasi kuni FVV qutqaruv xizmati va maxsus texnikalar yordamida suvga tushib ketgan mashina hamda uning salonida qolib ketgan yo'lovchi jasadi chiqarib olingan.

Ayni paytda ushbu avariya yuzasidan Qo'shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan hamda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Daryo.uz

loading...