Mahmud Murodov kechagi g'alaba uchun qancha gonorar oldi?

0

Kuni kecha hamyurtimiz Mahmud Murodov “UFC 257” turnirida amerikalik Endryu Sanchesni uch raundga mo'ljallangan jangning so'nggi daqiqalarida texnik nokautga uchratdi.

Turnir markaziy jangida Dastin Porye sobiq chempion Konor Makgregorni yengdi.

Ushbu turnir ishtirokchilari o'tkazgan janglari uchun qancha pul ishlab olganlari ma'lum bo'ldi, deb yozmoqda O'zA. Unga ko'ra, Mahmud Murodov jangi uchun 14 ming, g'alabasi uchun yana 14 ming, homiylardan 3,5 ming va «Kechaning eng yaxshi chiqishi», deb e'lon qilingani uchun 50 ming, jami 81,5 ming AQSh dollari bilan taqdirlandi.

Konor Makgregor esa mag'lubiyatiga qaramasdan, 3.04 million AQSh dollari ishlab oldi. Dastin Porye 830 ming AQSh dollariga ega bo'ldi.

loading...