Sog'lig'i yomonlashgani tufayli «Elchining qizi» serialini tark etgan Neslihan Atagul hozirgi ahvoli haqida ma'lumot berdi

0

Salomatligida muammo sabab «Elchining qizi» serialini tark etgan Neslihan Atagul, Instagram sahifasidagi jonli efir orqali ahvoli haqida muxlislarini xabardor qildi.

Aktrisa o'zini qanday his qilayotgani haqida aytib, qo'llab-quvvatlagani uchun barchaga minnatdorchilik bildirgan. «Hammaga salom! Birinchi navbatda yoqimli xabarlaringiz, duolaringiz va iliq tilaklaringiz, shuningdek sovg'alar uchun chin qalbdan minnatdorchilik bildiraman. Meni yolg'iz qoldirmaganingiz uchun rahmat» – degan Neslihan.

Shuningdek, o'zini yomon his qilmayotgani, hammasi joyida ekani va yaxshi bo'lishga urinayotganini ta'kidlab, biroz dam olishga ehtiyoji bo'lgani sabab ham ayni vaqtda dam olayotganini ma'lum qilgan.

«Davolash ishlari davom etmoqda, qancha ko'p dam olsam, shuncha o'zimni yaxshi his qilyapman»,– deb qo'shimcha qilgan Atagul.

Avvalroq, Neslihan Atagulning loyihani tark etganidan keyin Nare rolini ijro qilish uchun «Pul va gul ishqi» hamda «Jasur va go'zal» seriallaridagi roli bilan yaxshi tanish bo'lgan Tuba Buyukustun taklif qilingani, shuningdek Gediz rolini ijro qilgan aktyor Uraz Kaygilarog'luning suratga olish jarayonlarida boshqa ishtirok etmasligi haqida xabar berilgandi.

Daryo.uz

loading...