AQShda birinchi marta ayol kishi moliya vaziri etib tayinlandi

0

AQSh Senati Janet Yellenning mamlakat moliya vaziri lavozimiga nomzodini ma'qulladi.

Bu haqda “Reuters” ovoz berish natijalariga asoslanib xabar bermoqda.

Uning nomzodini ko'pchilik senatorlar qo'llab-quvvatlashgan.

Ta'kidlanishicha, Yellen AQSh moliya vazirligiga rahbar etib tayinlangan birinchi ayolga aylangan. 2014 yilda esa AQSh Federal rezerv tizimining (FRS) raisi etib tayinlangan birinchi ayol bo'lgan edi.

loading...