Sirdaryoda pensionerlarga majburiy tarzda lotereya chiptalarini sotgan bank xodimi jarimaga tortildi

0

Iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, tashkilotning Sirdaryo viloyatidagi tuzilmasiga iste'molchi E.N.ning qilgan murojaati kelib tushgan. Murojaatda iste'molchi banki xodimlari tomonidan ijtimoiy nafaqa pullariga majburiy tarzda lotereya sotishayotganidan norozi bo'lib mahalla nomidan chiqayotganligini bildirgan.

Aslida bank xizmatlarini ko'rsatish jarayonida, pensiya va nafaqalarga majburiy ravishda lotereya chiptalarini sotish qonun bilan qat'iyan taqiqlangan.

Ushbu holat yuzasidan hududiy tuzilma tomonidan so'rov xati yuborildi.

Bank tomonidan taqdim etilgan javob xatida ijtimoiy nafaqa pullarini tarqatish vaqtida fuqarolarga lotereya olish taklif qilingani tasdiqlangan.  Xizmat ko'rsatuvchi xodim ogohlantirilib,  uning oylik ish haqqidan 5 foiz jarimaga tortildi.

loading...