Zangiotada bedarak yo'qolgan qiz oilasiga qaytarildi

0

2020 yil 1 dekabr kuni Zangiota tumanida yashovchi F.Sobirova tuman IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o'zi bilan birga yashovchi qizi – 2003 yilda tug'ilgan N.Madaliyeva, 1 dekabr kuni yashash manzilidan maktabga deb chiqib ketib, bedarak yo'qolganligi haqida murojaat qilgan.

Toshkent viloyati bo'yicha olib borilgan qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida, fuqaro 2003 yilda tug'ilgan N.Madaliyeva 2021 yil 20 yanvar kuni Toshkent viloyati IIBB XTTB tezkor xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan Chirchiq shahri 8 kichik tuman hududida yurganligi aniqlangan va sog'-salomat oilasiga topshirilgan.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

loading...