Andijonda bug'doyning yangi navlari yaratildi

0

Andijonda olimlar tomonidan bug'doyning bir qancha yangi navlari yaratildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligining Axborot xizmati ma'lum qildi.

Qurg'oqchilikning tez-tez takrorlanishi, turli xil tashqi muhit omillarining keskin ta'siri natijasida kuzgi bug'doy navlari belgi va xususiyatlarini yo'qotib bormoqda.

Shu kabi muammolarning yechimini topish uchun ekologik o'zgarishlarga chidamli bug'doy navlarini yaratish talab etiladi. Yangi navni yaratish va uni ishlab chiqarishga joriy etish mashaqqatli mehnat hisoblanadi.

Mashaqqatli mehnatlarning samarasi o'laroq, 2021 yilning boshlanishida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan institutning seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan istiqbolli hisoblangan kuzgi bug'doyning yangi «Davr», «Yog'du», «Qadr», «Navbahor», «Nodir», «O'zbekiston-25», «Aziz» navlariga patentlar olindi.

Bu esa mamlakatimiz aholisini sifatli un va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

loading...