«Bekat-2″dagi ta'mirtalab holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» izoh berdi

0

Bugun, 27 yanvar kuni yer usti halqa yo'lining «Bekat-2″ metro stansiyasining old tomonidan olingan, ta'mirning buzilgani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat yuzasidan»Toshkent metropoliteni» izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, «Bekat-2» stansiyasi atrofidagi drenaj tizimini takomillashtirish bo'yicha ishlar amalga oshirilayotgan paytda, devorning bir qismiga maxsus texnika tomonidan biroz tegib ketganligi bois devor qoplamasi shikastlangan.

«Toshkent metropoliteni» UK xodimlari tomonidan ta'mirlash-tiklash ishlari olib borildi. Ushbu ishlarni bajarish uchun shikast yetkazilgan joydagi deformatsiya bo'lgan marmar qismlarini (1,5 m2) almashtirish uchun olib tashlandi.

Tarqalib ketgan fotosurat aynan ta'mirlash ishlari olib borilayotgan paytda olingan. Ushbu devor qismi to'liq tiklandi.

railway.uz

loading...