Hademay YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimi to'xtatiladi

0

O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yilda davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oshirilishi ko'zlangan rejalar to'g'risida ma'lumot berdi.

Ta'kidlanishicha, bugungi kun talablarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham bo'lgan, yo'l-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan ta'minlanadi.

Bundan tashqari, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yo'lga qo'yiladi.

loading...