Ispaniyada ketma-ket zilzilalar sodir bo'ldi

0

So'nggi paytlarda Ispaniyada, ayniqsa Andalusiyada seysmik faollik oshdi. Xususan, dekabrdan beri 150 dan ortiq kichik zilzilalar qayd etildi.

Granada shahri hududida ketma-ket zilzilalar sodir bo'ldi, ulardan uchtasi 4 balli va undan yuqori bo'lgan, deya ma'lumot berdi Milliy geografiya instituti.

Hozircha jiddiy zarar va talofatlar haqida ma'lumot yo'q.

Eng kuchli zilzilalar seshanba kuni kechqurun Kulyar-Vega (4,2 balli) va Santa- Fe (4 va 4,3 ball) hududlarida qayd etildi.

«Kecha tunda Granadada yana bir nechta zilzila sodir bo'ldi … Endi biz xotirjam bo'lib, favqulodda vaziyatlar xizmati ko'rsatmalariga amal qilishimiz kerak. Keling, hammasi yaxshi bo'lishiga ishonamiz», deb yozgan Tvitterda Bosh vazir Pedro Sanches.

Granada meri Luis Salvador milliy TVE telekanaliga bergan intervyusida vaziyatni «xavotirli» deb atadi.

Zarnews.uz

loading...