Ispaniyada koronavirusdan vafot etgan ayol dafn marosimidan so'ng qariyalar uyiga qaytib keldi

0

Ispaniyada koronavirusdan vafot etgan ayol o'zining dafn marosimidan sщng o'n kun o'tib qariyalar uyiga qaytib keldi, deya xabar bermoqda manbalar asosida Justmedia.

Voqea qanday bo'lgan edi?

Qariyalar uyida yashovchi 2 ayolda Rogeliya Blanko va Konsepson Ariasda koronavirus aniqlandi. Ular bir kunda qariyalar uyidan Orens shahar shifoxonasiga olib ketildi.

Ayollardan biri 13 yanvar kuni hayotdan ko'z yumdi. Blankoning qarindoshlariga ayolning vafot etgani haqida xabar yetkazildi — dafn marosimi ertasigayoq o'tkazildi. Koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlar oilaning marhum bilan yaxshilab xayrlashishiga imkon bermadi.

Dafn etilgan Blanko o'n kundan so'ng qariyalar uyiga qaytib keldi. Muassasada bo'lgan tumush o'rtog'i ham uni ko'rib hayratda qoldi.

Aniqlanishicha, shifoxonada boshqa bir ayol olamdan o'tgan. U Blanko bilan bir xonada yashagan. Shifoxonada ularning ismlarini adashtirib qo'yishgan va boshqa ayolning vafotida Blankoning yaqinlariga xabar berishgan.

Ushbu tushunmovchilikdan so'ng muassasa rahbariyati bunday holat takrorlanmasligi uchun chora ko'rishga va'da berishgan.

Zamon.uz

loading...