Istanbulda qurollangan shaxs uch nafar rossiyalikka hujum uyushtirdi

0

Turkiyaning Istanbul shahrida rossiyaliklarga hujum uyushtirganlikda ayblanib  bir kishi qo'lga olindi.

Sputnik axborot agentligining bergan ma'lumotlariga ko'ra, yakshanba kuni kechqurun Istanbulda Turkiya fuqarosi bir nafar erkak va ikki ayolga pichoq bilan hujum uyushtirgan. Jabrlanuvchilar kasalxonaga olib borilgan, ammo, ularning jarohatlari  jiddiy emasligi aniqlangan.

Ushbu holat kameraga yozuviga tushib qoldi va ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda tarqaldi.

«Gumondor hibsga olingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, u ruhiy kasal. Yaralangan Rossiya fuqarolari hali ham kasalxonada» deyiladi Sputnik bergan xabarda.

Turkiya jiddiy jinoyatlar, xususan qotillik va qotillikka urinishlar bilan kurashishda davom etmoqda. Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, bu mamlakatda qotillik darajasi har 100 ming kishiga 2,6 tani tashkil qiladi.

loading...