«Koronavirusdan holi hudud» bo'lgan Turkmaniston xorijdan kelgan sportchilarni emlamoqchi

0

Turkmaniston o'z hududiga keladigan xorijlik sportchilarni emlashni rejalashtirmoqda. Hozirda Turkmaniston koronavirus rasman aniqlanmagan dunyodagi juda oz sonli mamlakatlardan biri bo'lib turibdi.

Turkmaniston tennis bo'yicha Devis Kubogi uchun saralash musobaqalarini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, bu mamlakat shu yilning oktyabr oyida velotrek bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning ta'kidlashicha, chet ellik sportchilar o'zlari xohlagan kompaniyaning vaksinasini qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak.

«Va biz koronavirusga qarshi emlashni bepul qilishimiz kerak», deydi Berdmimuhammedov.

O'tgan haftada Turkmaniston Rossiyaning Sputnik V vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi. Bu bilan Turkmaniston O'rta Osiyo mamlakatlari ichida rus vaksinasini ma'qullagan ilk mamlakatga aylandi.

loading...