Olimlar 20 million yillik noyob daraxtni topdi

0

Yunonistonlik olimlar vulqonlar oroli bo'lgan Lesbosda 20 million yillik noyob daraxtni topganlarini va uning shoxlari hamda ildizi xali ham butunligicha saqlanayotganini aytishdi.

Daraxt, Sharqiy O'rta Yer dengizi orolida millionlab yillar oldin qazilgan qadimiy o'rmon yonidagi yo'l ishlarida aniqlandi va maxsus avtobus hamda metall platforma yordamida qazish maydonidan ko'chirildi.

Tarix muzeyi professori ushbu daraxt 1995 yilda boshlangan qazishmalardan beri topilgan eng noyob topilma ekanini aytdi.

YuNESKO tomonidan himoyaga olingan Lesbosning 15,000 gektar maydonga ega orollar, 20 million yil oldin vulqon portlashi natijasida mana shunday o'ziga xos ekotizimga ega bo'lgan.

Ushbu noyob darxat vulqondan keyin qolgan qalin kul bilan qoplangan va uning balandligi 19 metrgacha yetgan.

loading...