Orqadan urilgan pichoq: o'z yaqinlaridan pand yegan mashhurlar (+foto)

0

Ba'zan bizni noqulay vaziyatga solib qo'yadiganlar biz hech qachon orqadan pichoq urishini kutmagan odamlar bo'lib chiqadi. Bugun har qanday kinodramaga ssenariy bo'la oladigan yulduzlarning real hayotida bo'lib o'tgan hikoyalarni taqdim etamiz.

Rianna

Barbadosning mashhur qo'shiqchisi Rianna hech qachon pul uchun oilaviy janjal sodir bo'ladi, deb xayoliga keltirmagan edi. Afsuski bu sodir bo'ldi.

«Boshqalarning ortidan qandaydir yomon ishlar qilib yurgan odamlar haqida tez-tez eshitamiz, lekin bunday hollar o'zimizning oilamiz bilan hech qachon sodir bo'lmaydi deb o'ylaymiz», — deydi qo'shiqchi jurnalistga bergan intervyusida.

Riannaning otasi qizining nomini pullashga qaror qilgan va uning bolaligidagi suratlarini matbuotga sotib yuborgan edi.

Leona Luiz

Ushbu ingliz qo'shiqchisi uzoq vaqt mobaynida uning hozirgi va keyingi hayotidagi lavhalar qanday qilib matbuotda paydo bo'lib qolayotganini tushunolmadi, chunki bularni faqat uning yaqinlarigina bilardi. Leona shaxsiy hayotidagi ma'lumotlarini do'stlari tomonidan sotib yuborilishini xayoliga ham keltirmagan edi.

«Biz ular bilan bir oila edik, ammo ular men haqimdagi ma'lumotlarni sotdi va menga xiyonat qildi. Bu juda achinarli holat», — deydi Leona Luiz intervyuda.

Megan Markl

Shahzoda Garrining ayoli qarindoshlarining oldida bir necha marta uyalib qoldi. Bunga bir nechta sabablar bor edi. Shunday qilib, uning yolg'iz singlisi Samanta Grant to'ydan oldin turli tok-shoularda bo'lajak er-xotinning kelajagi haqida gapirib chiqdi. Sobiq aktrisaning otasi bu borada yana ham ko'proq uyaltirdi: qizining to'yidan oldin u bir necha marta janjalli intervyular berdi. Bu esa uning to'yga kelishiga to'siq qo'ydi. Qirol oilasi Meganning u bilan gaplashib turishini ham taqiqladi.

Shubhasiz, Megan Marklning obro'siga putur yetganidan so'ng, u o'z oilasi bilan aloqalarini uzdi.

Rayan Reynolds

Bir intervyuda Rayan Reynolds qizining tug'ilishi va bu uning hayotidagi eng baxtli kun bo'lgani haqida aytib o'tdi. Aktyor bu xabarni eng yaqin do'stlari bilan o'rtoqlashadi, ammo kutilmaganda do'stlari chaqaloqning fotosuratini matbuotga sotishga harakat qilganidan ranjiydi.

«Men uning butun hayotini bilardim, u mening eng yaxshi do'stim edi. Lekin o'sha paytda u farzandimning rasmini sotishga qaror qilgani mening hayotimdagi eng og'ir nuqta bo'ldi», — deydi Reynolds.

Lindsi Lohan

Ko'plab mojarolar ichida yuradigan ushbu mashhur aktrisa tez-tez shov-shuvli voqealar ichida yursa ham, doim bunga o'zi aybdor emas. Bir kuni matbuotda Lindsining o'z qo'li bilan yozilgan sevgan insonlari ro'yxati paydo bo'ldi. Bunda Jastin Timberleyk va Jeyms Frankolarning qo'li bor edi. Lindsi buni shunchaki psixologning vazifasi bo'lgani uchungina yozib chiqqan edi, ikki do'sti esa uni matbuotga pulladi. «Sodir bo'lgan voqea xo'rlashdan ham yomonroq edi», — deydi Lindsi intervyusida.

Daryo.uz

loading...