Qirg'iziston prezidenti inauguratsiyasiga sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov taklif qilindi

0

Qirg'izistonning saylangan prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimiga sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov taklif qilindi. Buni prezident matbuot kotibi Galina Bayterek tasdiqladi.

Uning so'zlariga ko'ra, sobiq prezident Roza Otunbayeva va mamlakat rahbari lavozimiga boshqa nomzodlar ham taklif qilingan.

Mamlakatni uch yil davomida boshqargan Jeenbekov Qirg'izistondagi 2020 yil oktyabr voqealaridan so'ng iste'foga chiqdi. O'sha paytda prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov Jeenbekovning sobiq prezident maqomi to'g'risidagi farmonni imzolagandi. 10 yanvarda mamlakatda o'tkazilgan prezident saylovlarida Sadir Japarov g'alaba qozondi.

O'tgan haftada Qirg'iziston saylangan prezidenti Sadir Japarov inauguratsiya munosabati bilan maxsus kortej, ziyofat va boshqa tadbirlar o'tkazilmasligini ma'lum qilgandi. Sadir Japarov siyosiy va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyoti uchun og'ir bo'lgan tadbirlardan voz kechish zarurligini aytdi.

Inauguratsiya marosimi 28 yanvar kuni Milliy filarmoniya katta zalida bo'lib o'tadi.

sputniknews-uz.com

loading...