Qirg'iziston sobiq bosh vaziri hibsga olindi

0

Qirg'iziston sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev qo'lga olindi.

Abilgaziyev Qirg'iziston hukumatini 2018 yildan 2020 yil iyun oyiga qadar boshqargan. O'tgan yili 15 iyunda radiochastotalar bilan bog'liq janjaldan keyin iste'fo bergan edi.

26 yanvar kuni u so'roqqa chaqirilgan va shu kunning o'zida hibsga olingan.

Sobiq amaldor noqonuniy yo'llar bilan boylik orttirganlikda gumon qilinmoqda. Qirg'iziston milliy xavfsizlik qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, Abilgaziyev davlat xizmatida bo'lgan vaqtida noqonuniy ravishda o'z aktivlarini ko'paytirgan. Ular uning rasmiy daromadlaridan bir necha baravarga ziyod.

Ta'kidlanishicha, o'z aktivlarini qonuniylashtirish uchun sobiq bosh vazir Bishkekda, Chuy va Issiq-Ko'l viloyatlarida qimmat ko'chmas mulklarini xarid qilgan. Bundan tashqari, ko'p qavatli elita uylar qurilishiga sarmoya kiritgan. Jinoiy javobgarlikdan bo'yin tovlash uchun bu aktivlar soxta kishilar nomiga rasmiylashtirilgan.

Sputniknews-uz.com

loading...