Toshkentda maktabni «o'marganlar» qo'lga olindi(foto)

0

17 yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan umumiy o'rta ta'lim maktabining direktori 56 yoshli Nodira K., Bektemir tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, ushbu maktabining binosidagi o'qituvchilar xonasida turgan, davlat tomonidan maktab uchun ajratilgan jami 17 dona Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan “Jooyon” rusumli kompyuter texnikalari va ularning ehtiyot qismlari noma'lum shaxslar tomonidan o'g'irlanganligi haqida xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” (o'g'rilik) bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni psixotrop moddalar ta'sirida 29 yoshli Doniyor O., 20 yoshli Normat A. va 26 yolshi Boxodir T.,lar sodir etganliklari aniqlangan hamda ulardan kompyuter moslamalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Dastlabki tergov davomida ushbu jinoiy guruh Toshkent shahrining boshqa tumanlarida joylashgan umumiy o'rta ta'lim maktablaridan ham o'g'irlik jinoyatini sodir etganliklari aniqlangan.

Surishtiruv jarayonida mazkur jinoyat ishida Doniyor O., Normat A. va Boxodir T.,larga nisbatan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e'lon qilinib,  ularga  nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi  qo'llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

loading...