Toshkentda yashayotgan ayol Samarqanddagi mahkumni ozodlikka chiqarish uchun 8 ming AQSh dollari so'radi

0

1974 yil Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug'ilgan, ayni paytda Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan ayol Samarqand viloyatidagi manzil koloniyada jazo muddatini o'tayotgan mahkumni sud idoralaridagi tanishlari orqali oqlab, ozodlikka chiqarib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX va Departament xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, u so'ralgan puldan 4 ming dollarini mahkumning tanishidan olgan vaqtida ushlandi.

loading...