Yaponiya bosh vaziri o'z xalqidan uzr so'radi

0

Yaponiya bosh vaziri Yosihide Suga seshanba kuni o'z xalqidan pandemiya davrida zaiflashib qolgan sog'liqni saqlash tizimi sabab uzr so'radi.

«Hukumat rasmiysi sifatida sizdan uzr so'ramoqchiman”, dedi Suga parlament sessiyasi doirasida muholifatchilardan biri savol berganidan so'ng. Muholifatchi bosh vazirni pandemiya davrida odamlarning hayotini saqlab qolmaganlikda aybladi.

«Biz birinchi navbatda eng ehtiyojmand odamlarga yordam ko'rsatishga harakat qildik. Odamlarni tuzata oladigan tizimni yaratish faqatgina bizning burchimizdir”, dedi Suga.

Yaponiya OAV bir necha kun oldin ba'zi fuqarolar kasalxonada davolana olmay, o'z uyida vafot etayotgani haqida yozgan edilar.

Bugungi kunga kelib Tokio, hamda yana o'nta prefekturada vafqulodda holatning ikkinchi darajasi e'lon qilingan.

loading...